26 Dekabr 2024 yil 2333

Yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilishga qaratilgan hamkorlikdagi yig‘ilish o‘tkazildi

Ma’lumki ta’lim dargohlarida bilim olayotgan o‘g‘il qizlarimiz qishki ta’tilga chiqishmoqda. Bunda ayniqsa maktab o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkillash, ular ishtirokidagi ko‘ngilsiz holatlarni oldini olish maqsadida Viloyat IIB,   Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Milliy gvardiya rahbariyati ishtirokida qo‘shma selektor o‘tkazildi.

Unda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik F.Usarov so‘z olib, bevosita qishki ta’til va yangi yil bayrami kunlarida o‘quvchilarning xavfsizligini ta’minlash yuzasidan tavsiyalar hamda pirotexnika vositalaridan foydalanishlarini oldini olish, huquqbuzarlik va jinoyatga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ishtirokchilarga tushuntirishlar berdi.

Bu borada o‘qituvchi va murabbiylar bilan hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar kelishib olindi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech