30 Iyul 2024 yil 1930

Yoshlar murojaatlariga ijobiy yechim topish ishlari davom etmoqda

Bag‘dod tumanining turli mahallalarida “Sektor rahbarlari va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazilmoqda. Mana shunday tadbirning navbatdagisi “Mirzaobod” mahalla fuqarolar yig‘inida, 4- umumta’lim maktabida tashkil etildi.

Sektor rahbarlarining ishtirokida o‘tkazilgan ochiq muloqot uchrashuvning samarali bo‘lishini ta’minladi.

Tuman mas’ullari so‘nggi yillarda mamlakatimizda yoshlarga berilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rliklar, ularning sog‘lom va barkamol shaxs bo‘lib kamol topishlari uchun amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumotlar berdi. Bu imkoniyatlardan unumli foydalanish, kelajakda o‘z hayot yo‘lini qurish, aniq maqsad va yangi marralarni zabt etish uchun harakat qilish lozimligiga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv davomida 10 nafardan ziyod yoshlarning bildirgan taklif va murojaatlari o‘rganildi.

Muammolarni ijobiy hal etish uchun mas’ullarga ko‘rsatmalar berilib, chora-tadbirlar belgilandi.O‘rganish uchun qo‘shimcha muddat talab etadigan murojaatlar tegishliligi bo‘yicha belgilangan tartibda o‘rganib chiqish va natijasi bo‘yicha mualliflarga ma’lum qilish uchun tumanning masalaga daxldor xodimlari, korxona, tashkilot va bo‘limlarga tegishli topshiriqlar berildi.

Sektor rahbarlari turli chet davlatlatlarda ishlash va o‘qish uchun ketgan yoshlar bilan videoqo‘ng‘iroq shaklida muloqotlar ham o‘tkazishdi. Muloqot davomida yoshlar bugungi kunda xorijiy davlatda bo‘lib turgan vaqtida va xonadonida muammosi yo‘qligini, oylik maoshi yetarli ekanligini bildirdi.

Text to speech