9 Noyabr 2023 yil
1603
“Yoʻl harakati ishtirokchilarining madaniyati oyligi” doirasida targʻibot-tashviqot tadbirlari oʻtkazilmoqda
Viloyat IIB boshligʻining farmoyishiga asosan Fargʻona viloyati hududida 1-noyabrdan 1-dekabrga qadar “Yoʻl xarakati ishtirokchilarining madaniyat oyligi” deb e’lon qilingan.
Oylik doirasida yoʻllarda harakatlanish madaniyatini shakllantirish boʻyicha shahar-tuman IIB YHXB binolariga murojaat bilan kelgan fuqarolarga hamda jamoat joylarida, oʻquv muassasalarida aholi oʻrtasida targʻibot tashviqot ishlari olib borilib, yoʻl harakati qoidalari boʻyicha eslatma bukletlar tarqatilyapti.
Bundan tashqari, avtobuslarga, korxona-tashkilotlarga fuqarolarni ogohlikka chorlovchi bannerlar ilinyapti.
Bunday tadbirlar fuqarolarimizning huquqiy ongini va yoʻl harakati madaniyatini oshirishga xizmat qiladi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati