23 Dekabr 2023 yil 2768

Yashash xonadonini pirotexnika vositalari omboriga aylantirgan shaxs aniqlandi

Toshloq tumani IIB xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan tezkor-profilaktik tadbirda, Qo‘rg‘oncha MFYda yashovchi Q.N.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida  ko‘zdan kechirilganda, yashash xonadonida “Britanik” yozuvli 160 blok ichida 1600 quti, “Korolevskiy salyut” yozuvli 8 dona, shuningdek “7 SHOTS” yozuvli 90 dona, jami 80.098 dona, taxminiy narxi 21.000.000 so‘m bo‘lgan pirotexnika vositasini yashirin ravishda saqlayotganligi aniqlanib, holislar ishtirokida Toshloq tumani IIBga daliliy ashyo sifatida tekshirish uchun olindi.

Holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

Pirotexnika vositalari inson hayoti va sog‘ligi uchun xavflidir. O‘zingiz va o‘zgalarni bunday vositalardan jabrlanishiga aslo yo‘l qo‘ymang!

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech