25 Dekabr 2024 yil 5406

Furqat tumanida ham Yangi yil bayramiga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi

Xabaringiz bor shu kunlarda viloyat IIB boshlig‘i, general-mayor Azizbek Ikramov tomonidan yangi yil bayramini munosib qarshi olish bo‘yicha hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirilmoqda.

Boshqarma boshlig‘i Furqat tumanida sektor rahbarlari bilan birgalikda tuman markazida bezatilgan archa va bayram o‘tkaziladigan maydonni, shuningdek fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni borib ko‘rishdi.

Aholiga qulaylik yaratish maqsadida tashkillangan arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkasidagi narx-navo va qulayliklar bilan tanishishdi.

Hududni kuzatuvga olish, bayramni xavfsiz tashkil etish bo‘yicha ko‘rilgan chora tadbirlar bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech