24 Dekabr 2024 yil
5502
General-mayor Azizbek Ikramov Yozyovon tumanida ham Yangi yil bayramiga tayyorgarlikni ko‘zdan kechirdi
Tuman markaziga yurtdoshlarimiz, ayniqsa bolajonlarga bayram kayfiyati ulashish maqsadida katta archa bezatilgan. Bu yerda turli ko‘ngil ochar o‘yinlar tashkil qilinyapti.
General-mayor Azizbek Ikramov bu yerda bo‘lib, bayram taraddudi jarayonlarini ko‘rdi. Tuman ichki ishlar bo‘limi rahbariyatiga bayram o‘tkaziladigan kunlari markazdagi transport vositalari harakatini tartibga solish, shaxsiy tarkibni to‘g‘ri taqsimlash yuzasidan topshiriqlar berdi.
Shuningdek, dehqon bozorida tashkil etilgan arzonlashtirilgan bayram yarmarkasini borib ko‘rdi va yarmarkani kengaytirish hamda mahsulotlar bilan boyitish bo‘yicha fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati