26 Dekabr 2023 yil 3114

Yangi yil bayrami arafasida xodimlarning oila-a’zolari hamda soha faxriylari xolidan xabar olinmoqda

Viloyat IIB rahbariyati tomonidan muhim sanalar, bayram tadbirlari arafasida xizmat xodimlarning oilasi va farzandlariga  mehr-muruvvat ko‘rsatish, ustozlar holidan xabar olish yaxshi an’anaga aylangan.

Yangi yil bayrami shukuhi kezib yurgan shu kunlarda Farg‘ona viloyati IIB ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati hamda faxriylar kengashi a’zolari tomonidan ana shunday ezgu ishga qo‘l urildi. Oilalarga bayram sovg‘alari hamda oziq-ovqat mahsulotlari berildi.

Xonadon sohiblari ko‘rsatilgan e’tibor uchun minnatdorchilik bildirdilar.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech