Xotin-qizlar tizimida 2023 yil davomida tumanda amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi
Bag‘dod tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 21 dekabrdagi “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-401-sonli qarorida belgilab berilgan vazifalar ijrosini amaliyotga tatbiq etish hamda 2023 yil xotin-qizlar tizimida amalga oshirilgan ishlar tahlili yuzasidan tanqidiy-tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda
tuman hokimi o‘rinbosari T.Tojieva davlatimiz rahbari tomonidan Xotin-qizlar masalalari
bo‘yicha amalga oshirilayotgan tizimli islohotlarni yangi bosqichga olib chiqishda
qabul qilingan mazkur farmonni ijrosini ta’milash borasida Xotin-qizlar faollari
va hamkor muassasalar oldida turgan vazifalarga to‘xtaldi.
Shuningdek tuman
FXDYo bo‘limi mudiri Sherzodbek Yunusov tomonidan oilaviy ajrimlarni
oldini olish borasida hamkorlik masalalari hamda 2023 yil davomida oilaviy
ajrim bilan bog‘liq fuqarolik xolatlarida yo‘l qo‘yilgan kamchilik, ajrim oshgan
mahalla fuqorolar yig‘inlari tahlili bo‘yicha hisobot berdi. Oilalar
mustahkamligini saqlab qolishda byurokratik to‘siqlar bilan emas manzillni, maqsadli
ishlash orqali natija qilishga erishish masalasida kelishib olindi.
O‘tgan 2023 yil davomida xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklar
profilaktikasi, amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar borasida tuman
IIB JXX XPB HQMB katta inspektori podpolkovnik
M.Mamatova tomonidan tahliliy hisobot berildi.
Yig‘ilishda ishtirok etgan hamkor tashkilotlar bilan kelgusi
rejalar belgilab olindi.