4 Noyabr 2023 yil 1195

Xotin-qizlar o‘rtasida sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklarning sabablari tahlil qilindi

Farg‘ona viloyati hududida joriy yilning o‘tgan davrida xotin-qizlar o‘rtasida sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarlik holatlari hamda ularni oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Farg‘ona, Quvasoy, Marg‘ilon shaharlari hamda Qo‘shtepa, Uchko‘prik tumanlarida tahliliy-tanqidiy seminar yig‘ilishlari o‘tkazildi.

Muhokamada viloyat hokimi o‘rinbosari Komilaxon Kavlonova, viloyat IIB JXX HPB boshlig‘i o‘rinbosari, mayor Dilshoda O‘rinova, tuman hokimlari,  tumanlararo sudlarning sudyalari, hududiy hokim o‘rinbosarlari,  "Oqila ayollar harakati" a’zolari, hamkor tashkilotlar hamda mahalla xotin-qizlar faollari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda joriy yilning o‘tgan davrida qayd etilgan oilaviy ajrimlar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan  ortgani qayd etilib, uning sabablari chuqur tahlil qilindi. Xotin-qizlar o‘rtasida sodir etilgan jinoyatlar mahallalar kesimida tanqidiy muhokama etilib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan topshiriqlar berildi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati.

Text to speech