Xotin-qizlar muammolarini tizimli hal etish va ular tomonidan jinoyat sodir etilishini oldini olish borasida hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar tafsiloti
Viloyat hokimi o‘rinbosari K.Kavlonova, viloyat IIB JXX
HPB boshlig‘i o‘rinbosari mayor D.O‘rinova hamda hamkor tashkilotlar ishtirokida
viloyatdagi xotin-qizlar jinoyati salmog‘i yuqori bo‘lgan "qizil" toifaga
kiruvchi mahalla fuqarolar yig‘inlarida o‘rganish ishlari olib borilib, jinoyatlarni
barvaqt oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.
Unda mahalladagi yettilik bilan suhbatlashib, hududdagi
alohida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan xotin-qizlar bilan ishlash, ijtimoiy profilaktika
va ayollar daftari bo‘yicha qilinayotgan ishlar o‘rganildi. Jinoyatni barvaqt oldini
olishda jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, manzilli ishlar tashkil etish to‘g‘risida
mahallaning alohida "Yo‘l xaritasi" tasdiqlandi;
Alohida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan shaxslar bilan
yakka tartibda profilaktik ishlarni tashkil etish yuzasidan viloyat IIB boshlig‘ining
19 fevral kunidagi 5-sonli Farmoyishi ijrosi hamda oilaviy zo‘ravonlik hamda yaqin
qarindoshlar o‘rtasida uzoq muddatli nizolar ortidan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan
jinoyatlarni oldini olish maqsadida 01 fevralidan 29 fevraliga qadar "Turmush"
maxsus profilaktik tadbiri e’lon qilinib, hududlarda 2023 yil 30 dekabr kunidagi
dastur asosida "qizil" va "sariq" toifaga kiritilgan oilalar
bilan yakka tartibdagi profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda; Tadbir davomida
45 214 ta oilalar o‘rganilib, ularda aniqlangan 1236 ta
muammolar hal etilishiga erishildi, shuningdek, alohida e’tibor qaratilishi lozim
muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlarga taqdimnomalar kiritildi;
"Payshanba profilaktika kuni" munosabati bilan
Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish, fuqarolarni firibgarlik va
o‘g‘irlik qurboni bo‘lib qolishdan himoya qilish borasida tushuntirishlar berish
yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organ huquqshunoslari tomonidan barcha hududdagi
mahalla fuqarolar yig‘inlarida 1000 dan ziyod targ‘ibot tadbirlari tashkil etilib,
targ‘ibot materiallari tarqatildi;
Tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan 78 nafar xotin-qizlarga
himoya orderlari berilib davlat himoyasiga olinib, zo‘ravonlik sodir etgan shaxslar
tuzatish dasturidan o‘tkazildi, shuningdek himoya orderida belgilangan cheklovlarga
rioya qilmagan 4 nafar shaxslarga (oy boshidan 10 nafar) O‘zbekiston Respublikasi
MJtKning 206 prim 1 moddasiga asosan hujjatlar rasmiylashtirilib, jazo muqarrarligi
ta’minlandi;
Xotin-qizlar tomondan hafta davomida sodir etilgan 6 ta
jinoyatlar tuman-shahar hokim o‘rinbosarlari va mas’ul idora rahbarlari ishtirokida
muhokama etilishi ta’minlandi;
"Mehrjon" bolalar va ayollar huquqlarini himoya
qilish markazi bilan hamkorlikda hududlarda "zo‘ravonliksiz hayot sari"
seminarlari tashkil etildi;
Ta’lim muassasalarida qizlar o‘rtasida erta turmush holatlarini
oldini olish va ota-onalarni ogohlikka chaqirish yuzasidan ota-onalar bilan uchrashuvlar
tashkil etildi;
Savdo do‘konlari, aholi gavjum joylar, bozor hududlari
va yo‘lning chorrahalarida tilanchilik bilan shug‘ullanish holatlariga chek qo‘yish
maqsadida reydlar tashkil etilib, yashash joyiga yuborilishi ta’minlandi;
Jinoyatchilikka qarshi kurashish tadbirlari tizimli ravishda
davom ettirilmoqda!