13 Avgust 2025 yil 89

Marg‘ilon shahrida “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tadbirlari doirasida sayyor sud bo‘lib o‘tdi

“Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli profilaktik tadbirlari doirasida Marg‘ilon shahar IIB 1-sonli huquqtartibot maskanida sayyor sud majlisi tashkil etildi.

Sud jarayonida huquqbuzarlik sodir etgan 10 nafar shaxsning ishi ko‘rib chiqildi va ularga nisbatan ma’muriy jazo choralari qo‘llanildi.

Ushbu tadbirning asosiy maqsadi — fuqarolar o‘rtasida qonun ustuvorligini ta’minlash, huquqbuzarliklarga qarshi kurashish va aholi orasida huquqiy madaniyatni yuksaltirishdan iborat.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech