24 Oktyabr 2025 yil 1084

"Xavfsiz oila" profilaktik tadbirlari viloyat bo‘ylab amalga oshirilmoqda

Qo‘shma ko‘rsatmaga asosan viloyatimizda "Xavfsiz oila" profilaktik tadbirlari olib borilmoqda.

Jumladan, Yozyovon tumani Navro‘z va Beruniy mahallalarida o‘zaro nizoli oilalar holati o‘rganilib, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlari amalga oshirildi.

Toshloq tumanida ham notinch va nizoli oilalar “Mahalla yettiligi” hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganilmoqda.

Furqat tumanida toifada turgan xotin-qizlar xonadonlarida profilaktik suhbatlar o‘tkazildi, hujjatlar rasmiylashtirildi.

Buvayda va Quva tumanida nizoli oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhit tahlil qilinib, huquqiy maslahatlar berildi.

O‘zbekiston va Bag‘dod tumanida esa oilaviy totuvlikni ta’minlash bo‘yicha kunlik profilaktik ishlar olib borilmoqda.

Bu tadbirlar oilalarda tinchlikni mustahkamlash, sog‘lom muhitni ta’minlash hamda jinoyatlarni barvaqt oldini olishga xizmat qilmoqda.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech