14 Avgust 2025 yil 47

Farg‘ona shahrida “Xavfsiz hudud” tadbiri o‘tkazildi

Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘ining tegishli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida shahar hududida jinoyatchilikka qarshi kurashish, uning oldini olish, xavfsiz muhit yaratish va yo‘l-transport hodisalarini bartaraf etish bo‘yicha maxsus kompleks tezkor-profilaktik tadbirlar amalga oshirildi.

Jumladan, shahar hududida uyushgan jinoyatchilik, terrorizm, giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi shuningdek,  boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha kompleks tezkor-qidiruv tadbirlarlari davomida, 3 ta giyohvandlik 2 ta qo‘shmachilik, 1 ta tovlamachilik holatlari aniqlandi. 1 nafar qidiruvdagi shaxs ushlandi. 1 o‘g‘irlik jinoyati Fosh etildi.

Ruxsatnomasiz diniy saboq berish, diniy mazmundagi ma’ruza tarqatish, noqonuniy valyuta ayriboshlash, fohishalik qilish kabi 4 ta ma’muriy huquqbuzarliklarga chek qo‘yildi.

12 nafar shaxslardan noqonuniy buyum va daliliy ashyolar olindi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech