Viloyat prokuraturasida jinoyatlarni oldini olish va unga qarshi kurashishga qaratilgan qo‘shma yig‘ilish tashkil qilindi
Unda Prezidentimizning 2025 yil 3 yanvar kungi 1-son qarorida belgilab berilgan vazifalarning viloyatdagi ijrosi viloyat prokurori, viloyat IIB boshlig‘i boshchiligida, ularning o‘rinbosarlari sohaviy xizmatlar rahbarlari hududiy boshqarma bo‘lim va bo‘linmalar boshliqlari ishtirokida muhokama qilindi.
Bosh prokuratura hamda IIV tomonidan berilgan qo‘shma ko‘rsatmaga asosan, jinoyatlarni hisobga qo‘yish, qo‘zg‘atish hamda qonuniy qaror qabul qilish, fuqarolarning huquqiy manfaatlarini so‘zsiz ta’minlash, qonun ustuvorligiga erishish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.
Jinoyatlarni oldini olish, fosh etish, Probatsiya nazoratidagi shaxslar bilan ishlash, profilaktika inspektorlari faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan hududiy rahbarlarga topshiriqlar berildi.
Soha xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savol va takliflarni bildirdilar.