Mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida faollik ko‘rsatib, yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, jamiyatda ma’naviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish borasida namunali faoliyat olib borayotganligi, shuningdek Farg‘ona viloyati ichki ishlar organlari faoliyatini takomillashtirish va isloh qilish borasidagi ishlarda faol ishtirok etib kelayotganligi hamda 21 mart- Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan Farg‘ona viloyati hokimi Bozorov Xayrullo Hayitbaevich Ichki ishlar vazirligining “Ichki ishlar organlariga ko‘magi uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Ko‘krak nishonini viloyat IIB boshlig‘i, general-mayor Azizbek Ikramov viloyat hokimiga tantanali ravishda topshirdi.
Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati
Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:
Matn xato bilan:
Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: