20 Dekabr 2021 yil 427

Fargʻona viloyatida qidiruvdagi shaxslar qoʻlga olindi

19-dekabr kuni Fargʻona shahar IIO FMB xodimlari Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida (oʻgʻirlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e’lon qilingan B.A.ni qoʻlga olishdi.

Shuningdek, Oʻzbekiston tumani IIB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Qoʻqon shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan X.A.ni qoʻlga olishdi.

Bundan tashqari, Fargʻona viloyati IIB 1-mintaqaviy xudud PPX 1-batal’on 1-otryad xodimlari Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismida (oʻgʻirlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e’lon qilingan R.E.ni qoʻlga olishdi.

Hurmatli fuqarolar!

Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech