21 Dekabr 2023 yil 2359

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari ishtirokida navbatdagi saf ko‘rigi tashkil etildi

Yangi yil bayramini munosib kutib olish, bayram kunlari shaxsiy tarkibning jismoniy, jangovar va kasbiy tayyorgarligini sinovdan o‘tkazish, xodimlarga xizmat davomida e’tibor qaratish zarur bo‘lgan yo‘riqnomalarni yetkazish maqsadida viloyat ichki ishlar boshqarmasida navbatdagi bayramoldi saf ko‘rigi tashkil etildi.

Boshqarma rahbariyati tomonidan o‘tkazilgan ko‘rik jarayonida xodimlarga xizmat kiyimini kiyish tartibi, xizmat guvohnomasi, foydalanish zarur bo‘lgan anjomlari, mavsumiy kiyimlari tekshirildi. Sohaga oid yangi qonun hujjatlari va buyruq talablari yuzasidan yo‘riqnomalar berildi.


Bundan tashqari, bayram kunlari xizmatni namunali tashkil etish, xizmat intizomini buzmaslik, aholi gavjum joylarda jamoat xavfsizligi ta’minlashga e’tibor qaratish, fuqarolar bilan xushmuomala bo‘lish kabi mezonlar bo‘yicha ham zarur tavsiyalar berildi.


Shuningdek, huquq-tartibotni mustahkamlash borasida bajariladigan muhim va ustuvor vazifalar hamda tegishli topshiriqlar yana bir bor tushuntirib o‘tildi.



Saf ko‘rigi ichki ishlar organlari xodimlarining mas’uliyatini yanada oshirishga, bayramni munosib, ko‘tarinki ruhda o‘tkazishga xizmat qiladi.



Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati
 
 

Text to speech