13 Noyabr 2023 yil 12884

Viloyat IIB rahbariyati hamda Faxriylar kengashi tashabbusi bilan 40 nafar ichki ishlar organlari faxriylari Qoʻqon shahriga sayohat qilishdi

Barchamizga yaxshi ma’lumki, Ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish konsepsiyasi qabul qilinach yoshi ulugʻ faxriylarga koʻrsatilayotgan e’tibor hamda gʻamxoʻrlik yanada yaxshilandi.

Jumladan, faxriylar oʻrtasida sogʻlomlashtirish ishlarini samarali tashkil etish va boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, ijtimoiy hayotdagi faolliklarini oshirish, har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida  turli tadbirlar tashkil etilmoqda.

 “Noyabr – turizm oyi” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan viloyat IIB rahbariyati hamda Faxriylar kengashi tashabbusi bilan 40 nafar ichki ishlar organlari faxriylari uchun Qoʻqon shahriga uyushtirilgan sayohat ham ushbu e’tiborning amaldagi isboti boʻldi.

Fargʻona guruh tumanlarida istiqomat qilayotgan faxriylar koʻxna va hamisha navqiron Qoʻqon shahriga tashrif buyurib, tarixiy obidalar va diqqatga sazovor joylarni tomosha qildilar.

Xususan, Xudoyorxon oʻrdasi va Qoʻqon tarixi muzeyi, Furqat hamda Muqimiy  uy muzeylari  moziy sinoatlarini oʻzida mujassam etgani bilan soha faxriylariga unutilmas zavq berdi.

Qoʻqon xoni - Umarxon va shoira Nodirabegim  ziyoratgohlari ham sayohat ishtirokchilariga juda manzur boʻldi.

Davlatchiligimiz tarixida katta oʻrin egallagan Qoʻqon xonligi va u bilan bogʻliq  qadamjolar, muzeylardagi eksponatlar, osori atiqalar har qanday kishi ruhiyatiga sokinlik hamda ma’naviy ozuqa berishi  tabiiy hol.

Ichki ishlar organlari faxriylari ham koʻhna va hamisha navqiron Qoʻqondan ana shunday unutilmaas taassurot bilan ortga qaytishdi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech