15 Noyabr 2023 yil 1950

Viloyat IIBda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Fargʻona filiali bilan hamkorlikda seminar mashgʻulot oʻtkazildi

Dunyoda inson salomatligidan-da azizroq ne’mat yoʻq. Uni asrab-avaylash uchun esa hamisha sogʻlom turmush tarziga amal qilish, doimiy ravishda tibbiyot savodxonlikni oshirib borish va shifokorlar aytgan tavsiyalarga amal qilish zarur.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori, Fargʻona viloyati hokimligi va Fargʻona viloyati Sogʻliqni saqlash boshqarmasi tomonidan ishlab chiqilgan “Gematologiya va onkologiya xizmatlarini yanada rivojlashtirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar” rejasiga asosan ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan shaxodatlangan hamda erkin yollangan ayol xodimalar ishtirokida oʻtkazilgan seminarda ham salomatlikni mustahkamlash bilan bogʻliq ana shunday tavsiyalar oʻrtaga tashlandi.

Ayollarda uchraydigan bachadon boʻyi va koʻkrak bezi saratoni skriningi mavzusida tashkillangan seminarda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Fargʻona viloyati filiali direktori Boburjon Pirimqulov ishtirok etib, mavzuga oid qimmatli ma’lumotlar bilan oʻrtoqlashdi.

Xususan, yuqorida tilga olingan xastaliklarning oldini olishda nimalarga e’tibor berish kerakligi mutaxassislar tilidan, aniq misollar yordamida tushuntirib berildi.

Shuningdek, seminar davomida soha malikalari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga ham atroflicha javob oldilar.

Muhtasar qilib aytganda, bu kabi seminar va tadbirlar xodimlarning tibbiy madaniyatini yuksaltirib, ular oʻrtasida sogʻlom turmush tarzining qaror topishiga xizmat qiladi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech