25 Sentyabr 2024 yil 1456

Hurmatli fuqarolar!

2024 yil 27 avgust kuni “O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 220-moddasi prim 1-moddasiga qo‘shimcha kiritish haqida”gi O‘RQ-946-son Qonuni qabul qilindi.
Ushbu Qonun fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlari yanada ishonchli himoya qilinishi ta’minlashga, shuningdek jamoat tartibini saqlash va o‘qotar bo‘lmagan qurol turlarining qonunga xilof muomalasining oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Jumladan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 220-moddasi prim 1-moddasining uchinchi qismida “Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan harakatlarni sodir etgan shaxs, agar u pnevmatik, signal beruvchi, tig‘li sovuq, uloqtirish qurolini va o‘zini-o‘zi ximoya qilish qurolini o‘z ixtiyori bilan topshirsa, ma’muriy javobgarlikdan ozod qilinadi” mazmunda belgilandi.
Hurmatli yurtdoshlar, qonun talablariga rioya qilmaslik belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘lishidan ogohlantiramiz!
Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi.

Text to speech