17 Fevral 2024 yil 1195

Uchko‘prik tumani hududida tungi profilaktik tadbirlar olib borilmoqda

Uchko‘prik tumanida tungi xizmat tashkil etilib, huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda hududlarda bir qator tadbirlar amalga oshirildi.

Xususan, tuman IIB negizida tashkil etilgan kuch va vositalar yo‘naltirilganligi, patrullik yo‘nalishlarida Ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya xodimlarining hamkorligi tashkil etilib, tadbir davomida tumandagi ko‘ngilochar joylar, oshxonalar, aholi ko‘p to‘planadigan markazlarda huquqbuzarliklarning va jinoyatchilikni barvaqt oldini olish bo‘yicha ishlar amalga oshirildi.

Tadbir davomida spirtli ichimliklar iste’mol qilgan fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 187-moddasi 1-qismi bo‘yicha 11 ta ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi, 23 nafar fuqarolarni IIB binosiga olib kelinib shaxsiga oydinlik kiritilib, ular bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech