5 Noyabr 2025 yil 1167

Uchкo‘prik tumanida "Tozalik va ozodalik oyligi" qizg‘in davom etmoqda

Prezidentimiz raҳbarligida maҳalla tizimini yanada takomillashtirish va joylarda ishlarni samarali tashkil etish masalalari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan vazifalar ijrosi doirasida respublikamizda "Tozalik va ozodalik oyligi" tadbirlari davom etmoqda.

Oylik doirasida Uchкo‘prik tumanidagi barcha maҳallalar, ta’lim muassasalari, aҳoli turar joylarida tozalik va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Bugun tuman hokimligi, prokuratura, ichki ishlar, ekologiya bo‘limlari va hamkor tashkilotlar tashabbusi bilan tashkil etilgan yig‘inda oylik doirasidagi muhim vazifalar yuzasidan yana bir bor tushuntirish berildi.

Atrof-muhit musaffoligiga, o‘zi va farzandlari kelajagiga befarq bo‘lmagan ҳar bir inson tozalik oyligida faol ishtirok etishi zarurligi qayd etildi. Zero, davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, mahallaning ozodaligi shu yerda yashayotgan aholi va "mahalla yettiligi"ning "yuzi"dir. 

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati 

Text to speech