23 Fevral 2024 yil
2668
Toshloq tumanida tezkor-kriminogen vaziyatni barqarorligini ta’minlash hamda huquqbuzarlik va jinoyatlarning barvaqt oldini olishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda
Xavfsiz-mahalla, xavfsiz-xonadon” tamoyili asosida tuman hududida tezkor-kriminogen vaziyatni bapqarorlashtirish hamda huquqbuzarlik va jinoyatlarning barvaqt oldini olishga qaratilgan tadbirlapda o‘tkazilmoqda.
Tuman IIB rahbariyati tomonidan tungi xizmatga jalb etilgan xodimlarga yo‘riqnoma o‘tkazib , jamoat tartibini saqlash, toifadagi shaxslar bilan manzilli ishlash, ko‘ngilochar maskanlarni vaqtida berkitish, maktab va boshqa tashkilotlar qorovullarni tekshirishlari haqida ko‘rsatmalar berilib xizmatga chiqarildi.
Tadbirda Probatsiya hisobida turuvchi ozodlikdan cheklash jazosiga tayinlangan shaxslarning yashash xonadonlari tekshirildi.
Toshloq tuman markazida faoliyat olib borayotgan taksistlar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.Shuningdek Arabmozor hududida bemaqsad yurgan fuqarolar bilan profilaktik suhbat o‘tkazish davomida ularning shaxsiga oydinlik kiritilib ogohlantirildi.
Piyozchilik MFYda joylashgan 39-maktab va boshqa ob’ekt qorovullari tekshirilib, hushyor holda xizmat olib borishlari tushuntirildi.
Bundan tashqari tuman IIB JXX HPB profilaktika inspektorlari va jamoatchilik nazorati maskanlarining tungi xizmati tekshirildi.
Yuqoriqishloq MFY hududida raqamsiz uyda yashovchi fuqaro ko‘chada spirtli ichimlik iste’mol qilib, janjal qilayotganligi sababli u bilan profilaktik suhbat o‘tkazilib, unga nisbatan tegishli tartibda ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati