28 Mart 2025 yil 459

Toshloq tumanida jinoyatchilikni jilovlash borasida amalga oshirilgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi

Viloyat IIB boshlig‘i, general-mayor Azizbek Ikramov boshchiligida Toshloq tumanida tashkil etilgan yig‘ilishda Prezidentimizning 2025 yil 3 yanvar kundagi 1-son Qarori hamda "Obod va xavfsiz mahalla" tamoyili asosida tumanda jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish, ijtimoiy profilaktika tadbirlarini tashkil qilish borasidagi ishlar tanqidiy tahlil qilindi.

Tadbirda tuman hokimligi, tegishli tashkilotlar va mahalla yettiligi a’zolari qatnashdi. Hududlarda jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish yo‘nalishda erishilgan yutuqlar yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarga e’tibor qaratildi.

Og‘ir toifadagi mahallalarda profilaktik tadbirlarni yanada kuchaytirish, kriminogen vaziyatni kunlik tahlil qilish, raqamlashtirish ishlarini jadallashtirish,  alohida toifadagi shaxslarni xonadonbay o‘rganish va ijtimoiy profilaktikani samarali olib borish, bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Text to speech