23 Dekabr 2024 yil 3333

General-mayor Azizbek Ikramov Toshloq tumanida Yangi yil bayramiga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi

Yana bir necha kundan so‘ng yangi 2025 yil kirib keladi.  Shu munosabat bilan joylarda Yangi yil bayramini munosib qarshi olish maqsadida puxta tayyorgarlikka kirishilgan. Xalqimiz tinchligi va bayramona kayfiyatini saqlash, maqsadida Toshloq tumanida ham tizimli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Boshqarma boshlig‘i va tuman sektor rahbarlari, tumandagi bayram o‘tkaziladigan maydon, fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi.

Hududni kuzatuvga olish, bayramni xavfsiz tashkil etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Eng asosiy maqsad hamyurtlarimiz xotirjamligini saqlash ekanligi ta’kidlandi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech