30 Avgust 2024 yil 1032

Toshloq tumani IIB probatsiya guruhi hisobida jazo o‘tayotgan nazorat ostidagi shaxslar ishtirokida “Sayyor sud” o‘tkazildi

Sayyor sudda 14 nafar mehnatga halol munosabatda bo‘lgan, belgilangan tartib va qoidalarga amal qilib kelgan shaxslar jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda jazodan ozod etildi.

Aksincha, jazo o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlab kelayotgan 2 nafar shaxslarning jazolari og‘iriga almashtirildi.

Tadbirda ishtirok etgan tuman sektor rahbarlari hisobda turgan yoshlar bilan alohida suhbatlashib, yechimi topilmayotgan muammolarini hal etish choralari ko‘rilishi yuzasidan tushunchalar berildi.

Tadbirda qatnashgan probatsiya hisobidagi shaxslarga jazo o‘tash tartib qoidalari yana bir bor tushuntirildi.

Nazoratdagi shaxslar bilan olib borilayotgan profilaktik-ogohlantiruv tadbirlari alohida nazorat ostida davom ettirilmoqda.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech