Tezkor habar: Fargʼonada 25 fevral kuni 2 nafar fuqaro is gazidan zaharlanishi oqibatida vafot etdi.
Bugun soat taxminan 07:30 larda Uchkoʼprik tuman Puchugʼoy qishlogʼidagi uylarning birida istiqomat qiluvchi 18 yoshli F.M. (ayol) oʼz uyiga oʼrnatilgan sandalning tutashi oqibatida is gazidan zaharlanib, kuyishi natijasida vafod etgan.
Bundan tashqari, soat 13:00larda Fargʼona shahar Beglar MFYda istiqomat qiluvchi 38 yoshli M.X. va birga yashovchi turmush oʼrtogʼi G.Q.,lar yashash xonadonida is gazidan zaharlanishi natijasida M.X hodisa joyida vafot etgan. G.Q. davolanish uchun shifoxonaga yotqizilgan.
Hurmatli fuqarolar!
Shu kabi holatlarning oldini olish maqsadida, Sizdan, xonandoningiz va boshqa binolardagi gaz anjomlarida gaz sizib chiqish holatlari bor yoki yoʼqligiga eʼtiborli boʼlishingizni, olovdan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishingizni soʼraymiz.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan tergov tezkor guruhi hodisa joyida ishlamoqda, voqea tafsiloti yuzasidan qoʼshimcha ravishda maʼlumot beriladi.
Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati