12 Sentyabr 2023 yil 3811

Texnik qoʻriqlash pultiga ulanish borasidagi targʻibot ishlarida faol ishtirok etgan IIO xodimlari Qoʻriqlash boshqarmasi tomonidan munosib taqdirlandi

Fargʻona viloyati IIB da oʻtkazilgan tadbirda boshqarma boshligʻi, general-mayor Azizbek Ikramov, Milliy gvardiya Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi boshligʻi, polkovnik Shavkat Akbarov hamda Qoʻriqlash boshqarmasi mutasaddi rahbarlari ishtirok etdi.

Tadbir jarayonida qoʻriqlash xizmatining texnik qoʻriqlash pultiga ulanish borasidagi targʻibot ishlarida faol ishtirok etib, oʻzi xizmat qilayotgan hududdagi obyektlarni jalb etishda faol hamkorlik qilgan ichki ishlar organlari xodimlari Qoʻriqlash boshqarmasi tomonidan pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Tadbir yakunida qoʻriqlash pulti afzalliklarini koʻproq targʻib qilish va bu boradagi hamkorlikni yanada yaxshilashga kelishib olindi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech