Taqinchoq oʼgʼrisi qoʼlga olindi.
Margʼilon.Fuqaro M.F., Margʼilon shahar IIB boshligʼi nomiga ariza bilan murojaat qilib, 2020 yil 11 fevral kuniga oʼtar kechasi nomaʼlum shaxs uni yashash xonadoni boʼlgan Togʼliq MFYga kirib, yotoqxonasida boʼlgan jami narxi 3.000.000 soʼmlik tillo va kumush taqinchoqlarini yashirin ravishda oʼgʼirlab ketganligini bildirib yordam berilishini soʼragan.
Ushbu holat yuzasidan Margʼilon shahar IIB xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlar davomida ushbu jinoyatni, Margʼilonda yashovchi, 30 yoshli F.J., sodir etganligi aniqlangan.
Bundan tashqari, fuqaro F.J., tergovga qadar tekshiruv davomida 2020 yilning yanvarь oyining 19 kunidan 20 kuniga oʼtar kechasi Pichoqchi MFYda yashovchi fuqaro S.M.,ni yashash xonasiga gʼayriqonuniy ravishda kirib, uni xonadonidan unga tegishli boʼlgan jami narxi 10.253.000 soʼmlik 6 dona taqinchoqlarini va 250 АQSh dollar pullarini oʼgʼirlik yoʼli bilan talon-taroj qilganligi aniqlangan.Mazkur holat yuzasidan F.J., nisbatan Margʼilon shahar IIB huzuridagi tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan bilan gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan hamda protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati