Sportning mini-futbol turi boʻyicha ichki ishlar organlari faxriylari oʻrtasidagi “Ichki ishlar vaziri kubogi” musobaqasining viloyat bosqichi oʻtkazildi
Keyingi yillarda ichki ishlar organlarida ishlab nafaqaga chiqqan faxriylarga e’tibor va gʻamxoʻrlik tobora yaxshilanib bormoqda.
Ayniqsa, soha faxriylari ishtirokida turli sport tadbirlarining oʻtkazilayotgani ularning jismoniy faolligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish konsepsiyasida ham yoshi ulugʻ faxriylarga e’tibor hamda gʻamxoʻrlikni kuchaytirish, ularni sogʻlomlashtirish va boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish borasida bir qator aniq vazifalar belgilab berilgan.
Kontsepsiya talablaridan kelib chiqib, Ichki ishlar vazirining tegishli Farmoyishiga asosan ilk marotaba soha faxriylari oʻrtasida sportning mini-futbol turli boʻyicha “Ichki ishlar vaziri kubogi” musobaqalarining oʻtkazilayotgani ham ana shu ezgu maqsadlarni oʻzida mujassam etgandir.
Fargʻonada ham mazkur musobaqaning viloyat bosqichi yuqori koʻtarinkilikda tashkil etildi.
Unda sohaviy boshqarmalar hamda shahar-tuman ichki ishlar boʻlimlari faxriylaridan iborat jamoalar oʻzaro bahs olib bordilar.
Qizgʻin kechgan uchrashuvlar natijasiga koʻra Beshariq tumani faxriylar jamoasi 3 oʻrinni, Uchkoʻprik tumani faxriylar jamoasi 2 oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Faxrli 1 oʻrin esa Toshloq tumani faxriylari jamoasiga nasib etdi.
Musobaqa yakunida gʻolib jamoalar va faol ishtirokchilar viloyat ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan munosib ragʻbatlantirildi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati