Signal chalish oqibati
Rishton. 2020 yil 11 fevralь kuni fuqaro G.А., mast holda Rishton tumani Qozi Аxror MFY hududida joylashgan “Karolь disko klub” tungi klubni oldiga mijoz olib ketish uchun kelib, mijozni chaqirish maqsadida mashinasi signalini chalgan taksi haydovchisi fuqaro B.M.,ni koʼrib, bezorilik hissi bilan haydovchi B.M.,ni yoniga kelib, uni mashinadan sudrab tushirib, signal chalib, tinchligini buzganligini bahona qilib, uni tungi klub ichiga olib kirib, duch kelgan sohalariga urib-doʼpposlab, tan jarohati yetkazgan.
Shu kuni kaltaklanib, tan jarohati olgan fuqaro B.M., hushini yoʼqotganligi sababli tanishlari tomonidan Rishton tumani Tibbiyot birlashmasi Qabul boʼlimiga olib kelingan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro G.А.,ga nisbatan Rishton tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlinmasi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi 2-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan va hozirda protsesual tartibda ushlangan.
Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati