21 Avgust 2025 yil 693

Oltiariq tumanidagi Sharq mahallasida profilaktik tadbirlar davom etmoqda

Tadbirda viloyat IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi mas’ul xodimlari, mutasaddi tashkilot va idora rahbarlari tomonidan mahallada savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari hamda xonadonlar oldiga “Tashvish tugmasi”, zamonaviy qo‘riqlash signalizatsiyalari va kuzatuv kameralari o‘rnatilmoqda.

Ushbu chora-tadbirlar fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, mahallada xavfsiz muhit yaratishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Shuningdek, aholi bilan muloqotlar tashkil qilinib, jinoyat va huquqbuzarlik sodir etmaslik, mahalladagi vaziyatning barqarorligini ta’minlashda jamoatchilik hamfikir bo‘lishi kerakligi tushuntirilmoqda.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati.

Text to speech