Farg‘ona viloyati IIB va uning quyi tizimlarida xizmat qilayotgan xodimlar bilan «Sayyor — Akademiya» o‘quv dasturi bo‘yicha o‘quv-mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda
Shahar-tuman IIBlarda xizmat olib borayotgan profilaktika inspektori, tezkor xizmat va tergovchi (surishtiruvchi) xodimlar bilan Ichki ishlar vazirligi akademiyasining professor-o‘qituvchilari tomonidan «Sayyor — Akademiya» o‘quv dasturi bo‘yicha zamonaviy interfaol metodlardan foydalangan holda o‘quv-mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
O‘quv mashg‘ulotidan ko‘zlangan maqsad, xodimlarning oilaviy
(maishiy) zo‘ravonlik jinoyatlariga qarshi kurashish, ularni huquqiy baholash, ayrim
tergov va protsessual harakatlarni o‘tkazish, kiberjinoyatlarning zamonaviy turlari,
sodir etilish usullari va ularni fosh qilishning taktik xususiyatlari g‘ayriijtimoiy
xulq-atvorli, tajovuzkor shaxslar bilan munosabatga kirishish, nizoli vaziyatlarni
baholash va boshqarishning psixologik jihatlariga oid bilim va ko‘nikmalarini yuksaltirish
orqali ularning huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish
faoliyati samaradorligini oshirish hisoblanadi.
Farg‘ona viloyati
IIB Axborot xizmati