Savdo do‘konida sodir qilingan bezorilik holati yuzasidan ikki nafar shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Farg‘ona shahri.
Joriy yilning 18 avgust kuni fuqarolar Sh.R. hamda M.P.lar birgalikda, mast holda S.Temur ko‘chasidagi
“Oziq-ovqat” do‘koniga kirib, sotuvchi bilan kelishmovchilik sababli uni uyatli
so‘zlar bilan haqorat qilishgan.
Do‘konga xaridor
sifatida kirgan X.I. va uning turmush o‘rtog‘i S.I.lar jamoat joyida so‘kinib, shovqin
qilmaslik kerakligini aytishganda, Sh.R. va M.P.lar X.I. hamda S.I.larning badanini
turli joylariga urishib, tan jarohati yetkazishgan.
Bundan tashqari
o‘zlarining tartibsizliklarini davom ettirib, do‘kondagi oziq-ovqat mahsulotlarga
zarar yetkazishgan.
Mazkur holat
yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB tomonidan jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi
“B” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilar qamoqqa olingan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Farg‘ona viloyati
IIB Axborot xizmati