Rasmiy munosabat
Internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan o‘qituvchi o‘quvchining
qarindoshlari tomonidan kaltaklangani haqidagi videoxabar Farg‘ona viloyati IIB
tomonidan o‘rganib chiqildi
Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 1 aprel kuni Toshloq tumani,
Sadda mfyda joylashgan 25-sonli maktab o‘qituvchisi M.O va fuqaro A.X. o‘rtasida
o‘zaro kelishmovchilik sababli janjal kelib chiqqan. Janjal davomida A.X. M.O.ni qo‘li bilan urib, unga
tan jarohati yetkazgan.
Hozirda M.O.ning
olgan tan jarohatini og‘irlik darajasini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan hamda tergovga qadar
tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Holat viloyat
IIB tomonidan nazoratga olingan. Yakuniga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi
Farg‘ona viloyati
IIB Axborot xizmati