Rasmiy munosabat
Internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan "Xodimni harakati
qanchalik to‘g‘ri" mazmunidagi videoxabar Farg‘ona viloyati IIB tomonidan o‘rganib
chiqildi
Ma’lum bo‘lishicha, 17.12.2023 yil kuni fuqarolarning IIOga shikoyati
asosida Farg‘ona shahar IIO FMB 3-son IIB profilaktika inspektori kapitan T.Hoshimov
tungi soat 23:50 da shahardagi Mash’al MFYdagi ko‘p qavatli uyning yerto‘lasida
joylashgan "RICh" ko‘ngilochar maskan (karaoke bar)ga kelib, tungi vaqtda
fuqarolarning tinchini buzib, baland ovozda qo‘shiq kuylayotgan va kompyuter o‘ynayotgan
mijozlarni tarqatmoqchi bo‘lganida, ushbu maskan rahbari 1995 y.t A.X. IIO xodimlarining
qonuniy talablariga bo‘ysunmay, jamiyatda yurish turish qoidalarini qasddan mensimasdan,
faol qarshilik ko‘rsatgan.
Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 15 oktabrdagi 648-son
Qarori 11-bandida, ko‘p kvartirali uyning yerto‘lasida joylashgan korxonalar, restoranlar,
kafelar, barlar hamda ko‘ngilochar maskanlarning soat 23.00 dan keyingi faoliyatiga
yo‘l qo‘yilmasligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro A.X.ga nisbatan MJtKning 183-moddasi,
194-moddalari bilan hujjatlar rasmiylashtirilib qonuniy qaror qabul qilish uchun
JIB Farg‘ona shahar sudiga yuborildi.
Natijasi bo‘yicha
qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Farg‘ona viloyati
IIB Axborot xizmati