Rishton tumanida Tez tibbiy yordam mashinasi ishtirokida YTH sodir boʼldi.
Joriy yilning 25 fevral kuni soat taxminan 12.30 larda, 39 yoshli N.M., “Fargʼona shifo tez yordam” avtoxoʼjalik korxonasiga tegishli boʼlgan “NISSAN” rusumli avtomashinani Uchariq-Qalaynov yoʼlidan boshqarib, borayotib, ushbu avtomobilь yoʼlining Fargʼona-Qoʼqon avtomobilь yoʼlini kesishmasida Fargʼona shahri tomondan harakatlanib kelayotgan 30 yoshli R.S.ning boshqaruvidagi oq rangli “NEXIA” rusumli avtomashina “NISSAN” rusumli avtomashinani yoʼliga chiqib ketishi natijasida, yoʼl-transport hodisasi sodir boʼlgan. Natijada “NEXIA” rusumli avtomashina agʼdarilib, qarama-qarshi yoʼnalishga oʼtib 31 yoshli D.H., boshqaruvidagi koʼk rangli “NEXIA” rusumli avtomashina bilan toʼqnashib ketgan.
YTH oqibatida oq rangli “NEXIA” rusumli avtomashina ichida boʼlgan 2 nafar yoʼlovchilar tan jaroxati olib Rishton tumani shifoxonasiga murojaat qilishgan.
Hozirda, jabrlanuvchilarga birinchi tibbiy yordam koʼrsatilib, ambulator sharoitda davolanish uchun uylariga ruhsat berilgan.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati