Rishton tumani IIB JXX Probatsiya guruhi nazoratida turgan shaxslar uchun sayyor sud bo‘lib o‘tdi
Tuman IIB Probatsiya
guruhi nazoratida turgan shaxslar tomonidan qayta jinoyat va huquqbuzarliklar sodir
etilishini oldini olish borasida tuman IIB, sud, prokuratura hamkorligida sayyor
sud yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Sayyor sudda Probatsiya
guruhi tomonidan jinoyat ishlari bo‘yicha Rishton tuman sudiga 23 nafar shaxsga
nisbatan kiritilgan taqdimnomalar ko‘rib chiqildi, ulardan 3 nafari jazo o‘tashdan
qasddan bo‘yin tovlab yurganligi sababli jazo turi og‘irroq jazoga almashtirildi.Aksincha
munosib xulq atvorda, mehnatga halol munosabatda bo‘lgan 20 nafar shaxslar esa muddatidan
ilgari shartli ravishda jazodan ozod qilindi.
Bundan tashqari tadbirlar davom ettirilib, ishsiz bo‘lgan nazoratdagi shaxslar uchun
bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Unda 30 dan ortiq nazoratdagi
shaxslar ishtirok etdi. Ulardan 8 nafariga ishga joylashish uchun yullanmalar berilib,
2 nafari ishga joylashtirildi.
Tadbir davomida tuman
tibbiyot birlashmasi bilan hamkorlikda Probatsiya nazoratida turgan shaxslarni bepul
tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati