18 Mart 2024 yil 1507

Rishton tumanida “Navro‘z” umumxalq bayrami bo‘lib o‘tmoqda

Xalqimizning azaliy qadriyatlari o‘tmishini o‘zida gavdalantiradigan Navro‘z bayrami va uning shukuhi yurtimiz bo‘ylab kezmoqda.


Bayramini osoyishta o‘tkazish, kelib chiqishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarni oldini olish uchun IIO xodimlari boshqa huquq-tartibot organlari bilan birgalikda bel bog‘lashgan.

 

Jamoat joylarida yo‘llarda tartibni saqlash, harakat xavfsizligini ta’minlash yo‘lida xizmat qilishmoqda.

Rishton tumanidagi Navro‘z bayrami ham katta ko‘tarinkilikda nishonlanyapti. Bevosita viloyat IIB rahbariyati, sektor boshliqlari va mutasaddilar ushbu tadbirlarda ishtirok etishib, fuqarolarni bayramni munosib o‘tkazishlari uchun zarur chora-tadbirlarni amalga oshirishmoqda.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech