29 May 2025 yil
2322
Respublika ishchi guruhining jismoniy shaxslar hamda yuridik shaxslar uchun navbatdagi ommaviy sayyor qabuli Farg‘ona tumanida tashkil etildi
O‘tkazilgan muloqotlar davomida, fuqarolarning IIO tizimi bilan bog‘liq masalalari ham atroflicha o‘rganildi.
Kelib tushgan har bir murojaat Ichki ishlar vazirligi hamda viloyat IIB rahbariyati tomonidan tinglandi va hal qilish choralari ko‘rildi.
Sayyor qabulda jami 26 ta murojaatlar kelib tushdi. Shundan 7 tasi joyida ijobiy hal etildi. 6 tasi yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi va ko‘rib chiqish uchun qo‘shimcha muddat talab etiladigan 13 ta murojaatlarning ijrosi nazoratga olindi.
Mazkur tadbirlar viloyatimiz hududlarida belgilangan jadval asosida davom etmoqda.
Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati