23 Yanvar 2024 yil 1881

Rasmiy munosabat

Internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan, qarama-qarshi harakatlanib, yo‘l harakati qoidalarini buzgan avtomobil haqidagi videoxabar Farg‘ona viloyati IIB tomonidan o‘rganib chiqildi.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida ushbu transport vositasi 2000 y.t,  Fag‘ona shahrida yashovchi fuqaro S.D. boshqaruvida bo‘lganligi aniqlandi.

Mazkur xolat yuzasidan S.D.ga nisbatan MJtKning 194-moddasi va 125-moddasi 5-kismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, JIB Farg‘ona shahar sudiga yuborildi.

 Sud to‘plangan ish xujjatlarini ko‘rib chiqib, fuqaro S.D.ga nisbatan bazaviy xisoblash mikdorining 5 (besh) baravari mikdorida jarima jazosi tayinladi.

 Fuqarolarimizga eslatib o‘tamiz!

Farg‘ona viloyati IIB har qanday qonunbuzilish holatiga qarshi murosasiz kurash olib boradi!

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech