Rasmiy munosabat
Internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan, Quva tumanida Jamoat nazorati kanali faoliga bosim bo‘lganligi haqidagi videoxabar Farg‘ona viloyati IIB tomonidan o‘rganib chiqildi.
Ma’lum bo‘lishicha, 13.02.2024 kuni Quva tumani Iftixor MFYda
yashovchi fuqaro S.Y. o‘ziga tegishli "Gentra" rusumli avtomashinani voyaga
yetmagan shaxsning boshqarishiga yo‘l qo‘yib bergan.
Mazkur holatni blogerlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi I.X
tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqqa joylagan.
Ushbu huquqbuzarlik yuzasidan YHXB hodimlari tomonidan S.Y.ga
nisbatan MJtKning 135 moddasi 2-qismi bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, avtomashina
jarima maydoniga joylashtirilgan.
Natijada, S.Y.ning oila-a’zolari va I.X. o‘rtasida o‘zaro
kelishmovchilik kelib chiqqan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari
olib borilmoqda.
Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati