26 Dekabr 2023 yil 3016

Quva tumanida 15420 dona pirotexnika vositalari aniqlandi

Quva tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-profilaktik tadbirlar davomida, Turk MFY.da yashovchi fuqaro M.A.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, yashash xonadoni yotoqxonasida   jami 257 quti, 15420 dona, umumiy  narxi 2.570.000 so‘m bo‘lgan “BRITANIK” nomli pirotexnika vositalarini saqlab kelayotgani aniqlanib, xolat yuzasidan O‘z.Res MJtKning 185-moddasi prim 1-moddasi tartibida tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.

Pirotexnika vositalari inson hayoti va sog‘ligi uchun xavflidir. O‘zingiz va o‘zgalarni bunday vositalardan jabrlanishiga  aslo yo‘l qo‘ymang!

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech