Avval xabar qilganimizdek viloyat IIB boshlig‘i hamda viloyat prokurori boshchiligida joylarda Prezidentimizning 2025 yil 3 yanvar kungi 1-son qarorida belgilab berilgan vazifalarning ijrosiga qaratilgan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.
Quva tumanidagi ana shunday tadbirda tuman xokimlgi, mahalla yettiligi, ishtirok etishdi. Tadbirda, jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy tahlil qilindi.
Og‘ir toifadagi mahallalarda profilaktik tadbirlarni yanada kuchaytirish, kriminogen vaziyatni kunlik tahlil qilish, raqamlashtirish ishlarini jadallashtirish jinoyatlarni oldini olish, fosh etish, probatsiya nazoratidagi shaxslar bilan ishlash, profilaktika inspektorlari faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
“Har bir mahallada huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish” ustuvor vazifa ekanligi ta’kidlandi.
Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:
Matn xato bilan:
Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: