Qurol to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan yig‘ilish o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasining “Qurol to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2022 yil 31 maydagi O‘RQ-772-son Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning o‘q-dorilari muomalasi sohasida ruxsat etish xususiyatiga ega bo‘lgan hujjatlarni berish, ularga egalik qilishning talablari va shartlariga bir qator sezilarli o‘zgartirishlar hamda qo‘shimchalar kiritilganligi yuzasidan prokuratura, ichki ishlar va Farg‘ona viloyati ovchilar va baliqchilar sport birlashmasi mutaxassisi va tajribali ovchilar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda Jinoyat kodeksining 247, 248, 249-moddalari va Ma’muriy kodeksining 185, 220, 221-moddalariga o‘zgartirishlar hamda qo‘shimchalar kiritilib o‘qotar bo‘lmagan qurollar (pnevmatik, gazli, signal beruvchi, uloqtirish va tig‘li sovuq qurol va elektroshok qurilmalari) va o‘qotar qurolning asosiy qismlari bilan qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lish yoki qurol muomalasi qoidalarini buzganligi uchun jinoiy va ma’muriy javobgarlik choralari belgilanganligi, qurol egalari va ularning yaqin qarindoshlarini qurolga egalik qilishga qarshi ko‘rsatmalar mavjud emasligi yuzasidan tibbiy tekshiruv o‘tkazish tartibi, shuningdek, qurolga egalik qilishga monelik qiladigan kasalliklar yoki jismoniy nuqsonlar ro‘yxatlari tasdiqlanganligi aytib o‘tildi.
Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati