31 Oktyabr 2024 yil 2013

Farg‘ona viloyati IIB rahbariyati Qo‘shtepa tumanida sayyor qabul o‘tkazdi

Avval xabar qilganimizdek, Farg‘ona viloyati IIB rahbariyati olis va chekka hududlarda muntazam ravishda sayyor qabullar o‘tkazib, muammolarni joyida bartaraf etish orqali aholining minnatdorligiga sabab bo‘lmoqda.

Masalan, Qo‘shtepa tumani madaniyat markazida tashkil etilgan ommaviy sayyor qabulda ham 21 nafar fuqarolarning murojaatlari atroflicha o‘rganib chiqildi.

E’tiborlisi, murojaatlarning 8 tasi shu yerning o‘zida ijobiy hal etildi, 5 tasi yuzasidan malakali huquqiy maslahatlar berildi. Ko‘rib chiqish  muddat talab etadigan 8 ta murojaatning ijrosi nazoratga olindi.

Bir so‘z bilan aytganda, o‘tkazilgan sayyor qabul chekka hudud aholisini behad hursand qildi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech