Qoʻshtepa tumanida jamoat xavfsizligini ta’minlashda “Mahalla beshligi” mas’uliyatini oshirish hamda yoʻl harakati xavfsizligini ishonchli ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar oʻrganildi va muhokama yigʻilishi oʻtkazildi
Viloyat IIB boshligʻi oʻrinbosari, Jamoat xavfsizligi xizmati rahbari, podpolkovnik F.Usarov ishtirokida oʻtkazilgan yigʻilishda joriy yilning 20-noyabr kuni viloyat hokimi tomonidan tumanda kuz-qish mavsumini betalafot oʻtkazish, hududlarda jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida belgilab berilgan topshiriqlar ijrosi tahlil qilindi.
Jumladan, mahallalarda jamoatchilik nazorati maskanlari faoliyatini qayta tiklash belgilangan boʻlsada, ayrim mahallalarda bu ishlar hamon toʻliq bajarilmagani, fidokor yoshlar jamoatchilik tuzulmasi roʻyxatlari ishlab chiqilmaganligi tanqid qilindi.
Shuningdek, yigʻilishda probatsiya nazoratidagi shaxslar bilan olib borilayotgan ishlar, yoʻl harakati xavfsizligini ishonchli ta’minlash va hududlarga videokuzatv kameralari oʻrnatish jarayonlari ham muhokama qilindi.
Xodimlarga xizmat faoliyati davomida qonunchilik va xizmat intizomiga rioya etishlari, fuqarolar bilan xushmuomala boʻlib xizmat olib borishlari, rahbariyat tomonidan beriladigan topshiriqlarni oʻz vaqtida va soʻzsiz bajarish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati.