6 Noyabr 2025 yil 993

Farg‘ona viloyati IIB Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari ishtirokida profilaktik tadbir o‘tkazildi

Farg‘ona viloyati IIB Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari ishtirokida profilaktika kuni munosabati bilan profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Tadbir Farg‘ona viloyati IIB Qo‘riqlash boshqarmasi, viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi mas’ullari hamda Farg‘ona shahar Narkologiya dispanseri mutaxassislari hamkorligida tashkil etildi. Davra suhbati shaklida o‘tgan tadbirda qo‘riqlash xizmati xodimlari ishtirok etdilar.

Tadbir doirasida YHXB mutaxassislari tomonidan yo‘l harakati qoidalariga yaqinda kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar, harakat davomida diqqat qaratilishi lozim bo‘lgan asosiy jihatlar, yo‘l-transport hodisalariga sabab bo‘luvchi omillar hamda ularni bartaraf etish usullari atroflicha muhokama qilindi.

Shu bilan birga, harakat ishtirokchilari xavfsizligini ta’minlash maqsadida belgilangan tezlikka rioya qilish, spirtli ichimlik iste’mol qilgan holda transport vositasini boshqarmaslik, texnik nosoz vositalardan foydalanmaslik va hushyorlikni saqlash kabi muhim masalalarga urg‘u berildi.

Yig‘ilish yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.

Text to speech