27 Avgust 2025 yil 352

General-mayor Azizbek Ikramov boshchiligida Qo‘qon shahrida sayyor qabul o‘tkazildi

Jismoniy hamda yuridik shaxslarning ariza va shikoyatlarni muloqot orqali har tomonlama o‘rganish va qonuniy hal etish maqsadida belgilangan jadval asosida viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i hamda o‘rinbosarlari tomonidan ommaviy hamda sayyor qabullar muntazam o‘tkazib kelinmoqda.

Bugun Qo‘qon shahrida o‘tkazilgan ommaviy qabul davomida 17 nafar fuqarolarning turli masalalardagi 19 murojaatlar qabul qilindi.

Masalalarning 5 tasi joyida ijobiy hal etildi. Qolgan 14 ta murojaat bo‘yicha kompleks o‘rganish talab etilishi tufayli ijrosini nazoratga olindi hamda soha mas’ullariga alohida vazifalar yuklatildi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech