19 Avgust 2025 yil
477
«Xavfsiz xudud» keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Qo‘qon shahrida profilaktik tadbir o‘tkazildi
O‘tkazilayotgan «Xavfsiz xudud» keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari oyligi doirasida, Farg‘ona viloyati IIB JXX Probatsiya boshqarmasi boshlig‘i tomonidan Qo‘qon shahar IIB Probatsiya bo‘limi hisobida turgan, axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash jazosini o‘tayotgan hamda jinoyat sodir etish xavfi yuqori bo‘lgan shaxslar bilan yakka tartibda suhbatlar o‘tkazildi.
Farg‘ona viloyati IIB JXX Probatsiya boshqarmasi boshlig‘i tomonidan ushbu shaxslar bilan suhbatlar tashkil etildi va ular kelgusida qayta jinoyat sodir etmaslik hamda belgilangan cheklovlar va qoidalarni buzmaslik yuzasidan rasman ogohlantirildi.
Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati